07:06 / 10.08.2015
3271

Berlinning “Gerta” futbol jamoasi avtobusi o‘qqa tutildi

Berlinning “Gerta” futbol jamoasi avtobusi Germaniya Kubogining birinchi davrasi doirasida Bilefeldning “Arminiya” jamoasi bilan uchrashuvga ketayotgan paytda yo‘lda o‘qqa tutildi. Bu haqda jamoaning rasmiy tvitterida ma'lum qilindi.

Ma'lum qilinishicha, noma'lum erkak mototsiklda avtobusga yaqinlashib unga qarata o‘q uzgan. Jinoyatchi haydovchi o‘rindig‘i yonidagi old oynaga shikast yetkazgan.

“Aql bovar qilmaydi! Kubok o‘yiniga ketayotgan paytda avtobusimiz o‘qqa tutildi. Baxtli tasodif hech kim jabr ko‘rmadi”, deyilmoqda xabarda.

Futbolchilarning o‘zlari bu payt avtobusda bo‘lmaganlar. Ular Bilefeldga poyezdda jo‘nab ketayotgan bo‘lganlar, avtobus esa ularni 10 avgustda bo‘lib o‘tadigan o‘yindan keyin ortga olib ketishi kerak bo‘lgan.

Top