10:46 / 10.08.2015
2627

Chechenistondagi YTHda 7 kishi halok bo‘ldi

Chechenistonning Gudermes shahrida sodir bo‘lgan avtohalokat 7 kishining o‘limiga olib keldi. Bu haqda respublika IIV vakiliga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, “Kavkaz” federal avtoyo‘lida shahardan chiqish joyida Toyota, ikkita Lada Priora va Kia mashinalari to‘qnashgan. Halok bo‘lganlar ichida 2 nafar chegara xizmati vakili va 1 nafar IIV maxsus bo‘linmasi vakili bor edi. Bundan tashqari, yana ikki kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan.

Top