19:30 / 10.08.2015
4861

Chexiya O‘zbekiston talabalari uchun davlat stipendiyalari taklif qilmoqda

Chexiya Respublikasi 2016-2017 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi uchun uchta davlat stipendiyasi taqdim qiladi. Bu haqda Chexining Toshkentdagi elchixonasida ma'lum qilindi.

O‘zbekistonlik talabalar Chexiya hukumatining 2012 yil 25 apreldagi rivojlanayotgan davlatlar talabalariga 2013-2018 yillar mobaynida davlat (hukumat) stipendiyalari taqdim qilish strategiyasini belgilovchi qarori asosida Chexiyada ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Stipendiyalar chex tilida bakalavr (3-4 yillik) yoki to‘liq magistr (4-6 yillik) o‘quv dasturlari bo‘yicha ta'lim olish uchun taqdim qilinmoqda. Ta'lim yo‘nalishlari qishloq xo‘jaligi, texnik, iqtisodiyot va tibbiy mutaxassisliklarini o‘z ichiga oladi.

Stipendiyalar va ularning taqdim qilinishi bo‘yicha batafsil ma'lumot bilan Chexiya Ta'lim, yoshlar va jismoniy rivojlanish vaziriligi internet-sahifasida yoki Chexiyaning Toshkentdagi elchixonasi saytida tanishish mumkin.

Top