19:02 / 10.08.2015
3163

Emodzi va haha Facebook’da LOL ustidan g‘alaba qozondi

Facebook mutaxassislari ijobiy hissiyotlarni ifodalash usullarini o‘rganib chiqib, LOL (laughing out loud) qisqartmasi matnda kulguni ifodalash uchun deyarli qo‘llanilmasligini aniqladi. Hisobotning to‘liq matni Facebook Research sahifasida chop etildi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining 1.9 foizi LOL qisqartmasidan foydalanishi aniqlandi. 51.4 foiz foydalanuvchi esa uning o‘rniga haha memidan foydalanadi. Ikkinchi o‘rinda esa 33 foizlik ko‘rsatkich bilan turli emodzi-smayllar turibdi.
Hehe 13 foiz bilan uchinchi o‘rinni oldi.

Top