10:37 / 10.08.2015
2213

Gaitidagi parlament saylovlari nihoyasiga yetdi

9 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 da qariyb 1500 ta saylov uchastkasi Gaiti Milliy parlamenti uchun o‘tkazilgan saylovlar bo‘yicha o‘z ishini yakunladi. Muvaffaq saylov komiteti qaroriga ko‘ra, notinch muhitda bo‘lib o‘tgan saylovlar muddati ayrim punktlarning ochilish vaqti kechikkani bois ikki soatga uzaytirildi.

Milliy politsiyaning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, saylov jarayonida 56 kishi, jumladan, 16 nafar o‘t qo‘yuvchilar hibsga olingan. Shu bilan birga, 4 nafar kishi tan jarohati olgan. 1508ta saylov uchastkasining 26tasi esa “vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatmadi”.

Saylovlar jarayonida mamlakatdagi jamoatchilik tartibini saqlash uchun 9 ming nafar politsiyachi hamda BMTning Gaitidagi vaziyatni barqarorlashtirish missiyasining 2,5 ming nafar askari jalb etildi.

Bo‘lib o‘tgan saylovda qariyb 6 million saylovchi 20 nafar senator va 119 nafar vakillar palatasi deputati uchun ovoz berishdi. Mazkur o‘rinlar uchun mamlakatdagi 100dan ziyod siyosiy partiyalarning 1853 nomzodi kurash olib bordi.

Eslatib o‘tamiz, Gaitidagi murakkab siyosiy inqiroz tufayli amaldagi prezident Mishel Marteyi 2011 yilda hokimiyat tepasiga kelganidan buyon parlament saylovlari o‘tkazilmay kelinayotgandi. Joriy yilning 12 yanvar kuni esa deputatlar muddati tugagan, shundan buyon parlament faoliyat olib bormayotgan edi.

Top