23:59 / 10.08.2015
3019

Nyu-York politsiyasi yangi elektroshokerlar sotib olishni rejalashtirmoqda

Nyu-York politsiya departamenti jinoyatchilarni qo‘lga olishda noqirg‘in vositalar arsenalini to‘ldirish uchun qo‘shimcha elektroshokerlar xarid qilmoqchi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Ayni paytda Nyu-York politsiyasi xodimlarida 700 shoker, yana mingta shoker zaxirada mavjud.

Nyu-York politsiyasi vakilining ta'kidlashicha, politsiya qurol-aslaha sotib olish uchun 4,5 mln dollar sarflamoqchi. Bu qiymatga mingta yangi shokyor xarid qilish ham kiritilgan. Bunday qurilmaning bir donasi 500-1000 dollar turadi. Hozircha esa politsiyachilar undan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganishmoqda.

Ayni paytda elektroshokerni faqatgina patrul xizmati serjantlari va qutqaruv xizmati xodimlari ishlatishlari mumkin. Vaqti kelib ulardan patrul xizmati politsiyachilari ham foydalanishlari mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Top