17:27 / 10.08.2015
16216

Pokistondagi qishloqlardan birida 280 bola zo‘rlab ketildi

Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Panjob viloyatida joylashgan Hussayn Kxanvala qishlog‘ida 280 bola zo‘rlab ketildi. Bu haqda The South China Morning Post gazetasi yozmoqda.

Mahalliy aholi vakillarining guvohlik berishicha, 25 kishilik guruh bolalarni bir-biri bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab, so‘ng bu holat tushirilgan videolavhalarni ommalashtirish bilan ularning ota-onalarini qo‘rqitib kelgan. Oila muntazam ravishda badal to‘lab bormasa, video mahalliy bozorda 40 rupiyaga (39 sent) sotilgan.

Jinoiy guruh o‘z faoliyatini 2007 yili boshlagan va shundan buyon 400 videolavha suratga olishga ulgurgan, shulardan 300tasi sotuvga chiqarilgan.

Jinoiy guruh qurbonlarining aksariyati 14 yoshga to‘lmagan bolalardir. S'yomkalarda qishloqda istiqomat qiluvchi bolalarning teng yarmi – 280 nafari qayd qilingan.

Ota-onalar mahalliy hokimiyat vakillariga bu borada ko‘p bora arz qilishgan, ammo ular biror chora ko‘rishmagan. Shundan so‘ng mahalliy aholi norozilik namoyishini uyushtirdi va bu politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib keldi.

Shunga qaramay, mahalliy hokimiyat va politsiya aholini “pashshadan fil yasash”da ayblamoqda.

Top