22:07 / 10.08.2015
3749

Shahzoda Garri JARda brakonerlarga qarshi kurashda ishtirok etdi

Shahzoda Garri o‘tgan haftada Janubiy Afrika Respublikasiga tashrif buyurib, u yerda yashirin tarzda brakonerlarga qarshi kurashda ishtirok etdi. Garri JARdagi Kryuger milliy bog‘idagi harbiy lagerlardan birida bo‘lib, u yerda mahalliy harbiylar bilan birga kechki payt hududni nazorat qilishda ishtirok etdi.

JARning News24 yangiliklar portalining ma'lum qilishicha, 2005 yilda Sandxerstdagi nufuzli harbiy akademiyasini bitirgan, Afg‘onistonda ishchi safari davomida Apache harbiy vertolyotini boshqargan shahzoda shaxsan o‘zi miltiq va machetelar bilan qurollangan brakonerlar guruhiga qarshi kurashda ishtirok etdi. Patrul xizmati bilan brakonerlar o‘rtasidagi to‘qnashuv Timsohlar daryosi yaqinida yuz berdi. Jinoyatchilardan biri yaralandi, undan ovozni pasaytiruvchi qurilmaga ega bo‘lgan yirik kalibrli miltiq musodara qilindi. Patrul xizmati brakonerlarning qorong‘ida harakatlanishini aniqlash uchun teplovizorga ega Gazelle vertolyoti, havo razvedkasining ikkita samolyoti va bir nechta dronlardan foydalandi. Garri operatsiyada vertolyotning uchuvchilaridan biri sifatida ishtirok etdi.

Top