17:37 / 10.08.2015
2966

Tojikistonda ayollar va bolalar ketayotgan avtobus Panj daryosiga qulab tushdi

10 avgust, dushanba kuni Tojikistonning janubiy-sharqiy hududida yo‘lovchi tashuvchi transport tog‘ hududida joylashgan Panj daryosiga qulab tushdi. Bu haqda «Interfaks» axborot agentligi mahalliy IIV ma'lumotlariga tayanib xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, YTH natijasida 9 nafar, jumladan to‘rt nafar ayol va to‘rt nafar yosh bolalar halok bo‘lgan. Hadovchi boshqaruvni yo‘qotgan va natijada transport 12 metr balandlikka dumalab tushgan.

Voqea Dushanbe — Darvaz avtotrassasining 319-kilometrida sodir bo‘lgan. Avtomobildagi ayollarning yoshi 31dan 39 yoshgacha, to‘rt yashar bola va olti yoshgacha uchta nafar qizlar bo‘lgan. 34 yoshli haydovchi ham voqea joyida vafot etgan.

Tojikiston yo‘l harakati qoidalariga binoan bolalarni tashish uchun alohida o‘rindiqlarni talab qilmaydi. Shu boisdan barcha yo‘lovchilar o‘z bolalarini tizzalariga o‘tirg‘izgan holatda olib ketayotgan bo‘lgan.

Top