10:11 / 10.08.2015
1948

Toni Smit Avstraliya Vakillar palatasining yangi spikeri sifatida saylandi

Avstraliya parlamentining vakillar palatasiyangi spikeri sifatida 48 yoshli Toni Smit saylandi. Viktoriya shtati vakili hisoblangan Toni Smit nomzodiga Liberal partiyaning 51 nafar deputati yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qarshi ovoz berganlar soni 22 nafarni tashkil etdi.

Qonunchilik palatasida 14 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Smit mamlakatni boshqarib kelayotgan Liberal Milliy koalitsiya tarkibiga kiruvchi Liberal partiya fraksiya yig‘ilishida saylandi. Qishki ta'tildan so‘ng ilk ish kunida bo‘lib o‘tgan mazkur saylovlar sobiq spiker Bronvin Bishopning qonunshunoslarga transport xarajatlari uchun ajratilgan yirik miqdordagi davlat mablag‘larini shaxsiy safarlari uchun sarflab yuborgani sababli kelib chiqqan mojarolar sabab o‘tkazildi. Avstraliya bosh vaziri Toni Abbot Bishop iste'fosiga izoh berar ekan, muammoni uning shaxsiyatida emas, balki zudlik bilan qayta ishlab chiqish lozim bo‘lgan parlamentariylar sarf xarajatlarini nazorat qilish tizimining samarasiz ekanligida ko‘rishini ta'kidlab o‘tdi. Shu vaqtning o‘zida, hukumat rahbari Bishopning iste'foga chiqishga qaror qilganini to‘g‘ri amalga oshirilgan harakat, deya baholadi.

Bugungi saylovlar parlament quyi palatasi liberallar fraksiyasining barcha a'zolari o‘rtasida ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Undan avvalgi spiker esa deputatlar emas, balki 2013 yilgi parlament saylovlarida Liberal milliy koalitsiya g‘olib chiqqanidan so‘ng bosh vazir Abbot tomonidan tayinlangan edi.

Top