15:38 / 10.08.2015
11195

Toshkentda ta'siri sezilgan zilzila o‘chog‘i Afg‘oniston shimolida bo‘lgani aniqlandi

2015 yilning 10 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 15:05 yer silkinishi sezilganini xabar qilgan edik.

AQShning USGS/NEIC loyihasi ma'lumotiga ko‘ra, mazkur zilzila o‘chog‘i Afg‘oniston shimolidagi Hindikush tog‘larida joylashgan bo‘lib, 200 kilometr chuqurlikda sodir bo‘ldi.

Afg‘oniston poytaxti Qobul shahridan 287 kilometr shimoli sharqda, Tojikiston va Hindiston chegaralari oralig‘ida rixter shkalasi bo‘yicha 6 ballik zilzila qayd etildi.

Uning to‘lqinlari O‘zbekistonning ko‘plab hududlari, jumladan, Toshkent shahri va Farg‘ona vodiysida ham 2,5-3 ballik kuch bilan qayd etildi.

Top