09:50 / 10.08.2015
5252

Turkmanistonda polizchilar tanlovida 31 kg li tarvuz va 16 kg li qovun namoyish etildi

9 avgust kuni Ashxobodda umummilliy polizchilar tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Tadbir tashkilotchilari davlat oziq-ovqat sanoati birlashmasi va qishloq xo‘jaligi vazirligi bo‘ldi. Tanlov tafsilotlari “Turmaniston: Oltin asr” onlayn nashrida yoritildi.

Tanlov besh nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi – “Oltin qovun”, “Eng yirik tarvuz”, “Eng katta oshqovoq”, “G‘ayritabiiy poliz mahsulotlari” va “Usta seleksioner”. Ularda mamlakatning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 25 dehqon qatnashdi.

Birinchi nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni Axal viloyati Oltin Asr tumani vakili Begenchmurot Rajapov qo‘lga kiritdi. U yetishtirgan qovunning vazni 16 kg ni tashkil qildi.

Eng yirik tarvuz yetishtirgan polizkor sifatida esa Mari viloyatining Vakilbozor tumanidan tashrif buyurgan Shuhrat Gelenov topildi. U tanlovga olib kelgan tarvuzning vazni 31 kg ni tashkil qildi.

Shuningdek, Dashovuz viloyatining Gubadog‘ tumanida istiqomat qiluvchi dehqon Xo‘jaboy Nurakov 39 kg li oshqovoq bilan uchinchi nominatsiyada birinchi natijani qayd qildi.

Top