10:06 / 10.08.2015
2881

Yaponiya imperatritsasining yurak xastaligi tasdiqlandi

Kecha Yaponiya imperatritsasi Mitiko Tokio universiteti qoshidagi shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.

U yurak ishemiyasiga gumon qilingan edi. Tekshiruvlar bu tashxisni tasdiqladi.

Imperator saroyi ishlari boshqarmasining xabar qilishicha, amaliyot o‘tkazishga zarurat yo‘q, ammo 80 yoshli Mitiko qo‘shimcha davolanishi kerak bo‘ladi.

Yurak bilan bog‘liq muammolar imperatritsada 2015 yil iyunida boshlandi. 24 iyul kuni u elektrokardiografiya tekshiruvidan o‘tdi.

Un ishlab chiqaruvchi kompaniya prezidentining qizi Mitiko Syoda 1959 yili valiahd shahzoda Akixitoga turmushga chiqqan. Undan ilgari imperatorlik oilasi vakillari faqat aristokratiya vakillari bilan turmush qurishi lozimligi an'ana sifatida qabul qilinar edi, lekin Mitiko bunday an'anaga chek qo‘ydi. 1989 yili, Akixito otasi Xiroxitoning o‘rniga taxtga chiqqanidan so‘ng u imperatritsaga aylandi.

Ularning uchta farzandi – o‘g‘illari Naruxitov a Akisino, shuningdek, qizi Sayako bor.

Top