02:08 / 11.08.2015
2539

“Manchester Siti” mehmonda “Vest Bromvich”ni yutdi

“Manchester Siti” APLning 1-turida mehmonda “Vest Bromvich” ustidan g‘alaba qozondi. Uchrashuv mezbonlarning “Xoutorns” stadionida bo‘lib o‘tdi va 0:3 hisobida “shaharliklar” foydasiga hal bo‘ldi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Yaya Ture “Siti”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 1-bo‘limning o‘rtalarida Turening o‘zi yana bitta to‘p urib, dubl qayd qildi. 59-daqiqada esa Vensan Kompani hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.  

Angliya chempionatining 1-turidan keyin “Manchester Siti” ushbu 3 ta to‘pi hisobiga musobaqa jadvalining 1-o‘rinini, “Vest Bromvich” esa, aksincha, oxirgi o‘rinni egallamoqda.

Angliya Premer-ligasi. 1-tur

Vest Bromvich Albion (Vest Bromvich) – Manchester Siti (Manchester) – 0:3

Gollar: Ture, 9 (0:1); Ture, 24 (0:2); Kompani, 59 (0:3).

Ogohlantirishlar: Fletcher, 39; Gardner, 57; Chester, 58; Yakob, 62 – Fernandino, 51

Top