09:37 / 11.08.2015
2618

Afg‘onistonda yopib qo‘yilgan shifoxonalar ochilmoqda

Uruzgon viloyati sog‘liqni saqlash organlari Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari ko‘magida Deh Rahvud, Sarob va Chorchinor aholijoylaridagi shu yilning may oyida turli sabablarga ko‘ra yopib qo‘yilgan tibbiy muassasalarni qayta ochmoqda.

Tolibon harakati a'zolari tibbiyot muassasalari xodimlariga tahdid solgani bois ushbu hududdagi muassasalar vaqtinchalik yopib qo‘yilgan edi. Keyinchalik hukumat ushbu obektlarni nazoratiga oldi.

Ammo aholijoylarni qaytadan egallagan xavfsizlik kuchlari shifoxonalarning qaytadan ochilishiga yordam bermoqda.

“Deyarli barcha tibbiyot muassasalari ishga tushdi, faqat to‘rttasi vaziyatning keskin bo‘lib qolayotgani sababli yopiqligicha qolmoqda, – dedi Uruzgon viloyati sog‘liqni saqlash idorasi direktori Xon Og‘a Miyonxol Central Asia Online nashriga bergan intervyusida. – Bizning asosiy vazifamiz insonlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdir, va xodimlarimiz har qanday vaziyatda bu ishni to‘xtatmayotgani ulkan yutug‘imizdir”.

Top