20:24 / 11.08.2015
4324

Airbus tovush tezligidan 4,5 barobar tez uchuvchi samolyotga patent oldi

AQShning patentlar va tovar belgilari boshqarmasi Airbus konsernining “ultratovush tezligida uchuvchi havo kemasi va u bilan bog‘liq havoda harakatlanish usuli” ixtirosi uchun patent olish uchun iyulda topshirgan arizasini ma'qulladi, deb xabar bermoqda Business Insider nashri.

Airbus muhandislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, samolyot tovush tezligidan 4,5 barobar kattaroq tezlikkacha erishishi mumkin.

PatentYogi kompaniyasi eksperti Dipak Guptaning aytishicha, bunday tezlik bilan Londondan Nyu-Yorkka bir soatda, Parijdan San-Frantsisko yoki Tokiodan Los-Anjyelesgacha uch soatda yetib olish mumkin.

Yangi samolyot ketma-ket yoqiladigan uchta turli tipdagi dvigatellar bilan jihozlanishi nazarda tutilmoqda: avval samolyotni havoga ko‘taradigan dvigatel, keyin uni zarur bo‘lgan balandlikka olib chiqadigan va oxirida soatiga 4800 kilometr tezlikka erishishga imkon beradigan dvigatel ishga tushadi.

Airbus’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, samolyot fuqarolik va harbiy aviatsiyasida ishlatilishi mumkin. Yo‘lovchi samolyoti sifatida uning sig‘imdorligi 20 yo‘lovchini tashkil qiladi. Harbiylar esa bunday samolyotdan yuk samolyoti yoki razvedkachi samolyot sifatida foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Top