09:58 / 11.08.2015
3334

Buxoroda tezkor magistral qurilmoqda

Ayni kunlarda viloyat markazi bilan chegaradosh Buxoro tumanida M-37 «Samarqand - Buxoro - Turkmanboshi» avtoyo‘lining 241-261 km qismida tezkor sur'atlarda rekonstruksiya hamda halqa yo‘li va yo‘l o‘tkazmali chorraha barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda «Pravda Vostoka» nashrida yozilgan.

Yangi ko‘prik harakat xavfsizligini ta'minlab, yuk avtomobillari shaharning ichki qismiga kirmasdan o‘tish imkonini beradi. Avtomagistralni rekonstruksiya qilish natijasida uning kengligi 25 metrga kengaytirilib, yuk ko‘tarish imkoniyati 13 tonnaga qadar ortadi.

Haydovchilar uchun katta qulayliklar yaratishi ko‘zda tutilgan ulkan ko‘prikni barpo etish bilan bir vaqtda, yo‘l atrofida turli infratuzilmalarni tashkil etish, zamonaviy mehmonxona, avtorurgohlar, avtomobillarga gaz quyish shohobchalari, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish markazlarini qurishga ham katta e'tibor qaratilgan.

Top