08:56 / 11.08.2015
2780

Google, Facebook va Twitter bolalar ishtirokidagi behayo filmlarga qarshi kurashish uchun birlashdi

Google, Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlari internetda bolalar ishtirokidagi behayo filmlarga qarshi birgalikda kurashish uchun Internet Watch Foundation (IWF) britan xayriya jamg‘armasining tashabbusiga qo‘shilishdi.

IWF’ga kiruvchi texnologik kompaniyalar noqonuniy kontent joylashtirilgan saytlar haqidagi ma'lumotlar bazasini yaratish va uni tarqatish bilan shug‘ullanadilar, internet-provayderlar, ijtimoiy tarmoqlar, ma'lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazlari bunday resurslarni aniqlab, ularni butun dunyo bo‘ylab o‘z resurslaridan o‘chirib tashlaydilar. Ma'lumotlar bazasi bolalar qiyofasidan foydalangan har bir noqonuniy surat yoki videoning o‘ziga xos raqamli tamg‘asi – xeshlardan tashkil topadi.

“Bu tizim jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari suratlarini tezroq topib, o‘chirilishini anglatadi, bizga ma'lumlari esa internetga yuklanmaydi”, deyiladi xabarda.

IWF taqiqlangan suratlarni topish va aniqlash uchun sun'iy intellektga to‘liq ishonch bildirishga tayyor emas: “xesh”lar ekspertlar tomonidan dastaki usulda tanlab olingan suratlardan tuziladi. Xeshlar Microsoft kompaniyasi tomonidan qiyofalarni tanish texnologiyalari – MD5, SHA-1 va PhotoDNA formatlarida avtomatik tarzda yaratiladi.

Har bitta topilgan shubhali surat uchun alohida xesh yaratiladi. IWF prognozlariga ko‘ra, yaqin orada bunday xeshlar soni bir necha milliondan ko‘proqni tashkil qiladi.

Top