17:04 / 11.08.2015
3745

Koreys blogida Kia Optima`ning GT-namunasi rasmi e'lon qilindi

TheKoreanCar koreys blogida e'lon qilingan Kia Optima sedani rasmi GT-namunasining yangi avlodiga tegishli ekani ma'lum bo‘ldi.

Optima`ning Amerika bozori uchun mo‘ljallangan namunasi joriy yil avvalida Nyu-York avtosalonida namoyish qilingan edi. O‘shanda mazkur model 247 ot kuchiga ega ikki litrli turbomotor bilan ta'minlangani aytilgandi. Shuningdek, salonda tushirilgan fotosuratlarda avtomobilning rul chambaragida «GT» belgisi tushirilgani ham ko‘pchilik diqqatini tortgan, biroq bunday namunadagi avtomobillar ishlab chiqarilishi haqida ma'lum qilinmagan edi.

Yevropa uchun qayta ishlab chiqilgan yangi “Optima”lar esa Amerika namunasidan tashqi dizaynidagi ayrim o‘zgarishlari bilangina farq qiladi. Bundan tashqari, GT`ning eng yangi namunadagi motori agregatlar qatoriga 185 ot kuchiga ega 2.4 litr hajmli old hamda 1.6 litrli 175 ot kuchiga ega harakatlantiruvchi yangi dvigatel kiritilgan.
So‘nggi motor robotlashtirilgan yetti bosqichli uzatmalar qutisi bilan ulansa, qolgan motorlar olti diapazonli “avtomat”lar bilan bog‘lanadi.

Optima`ning yangi avlodi avvalgilaridan tashqi ko‘rinishi, hajmining kattaligi, shuningdek, yaxshilangan shovqindan himoya tizimi va boshqa bir qator jihatlari bilan farq qiladi. Avtomobillarning old va orqa qismlariga ham o‘zgartishlar kiritilgan bo‘lib, g‘ildirak qismi va mashina kengligi mos ravishda 10 va 25 millimetr –2804 va 1859 millimetrgacha kengaytirilgan.

Yangi avlod avtomobillari Frankfurt shahrida shu yilning 17-27 sentabr kunlari namoyish etilishi kutilmoqda.

Top