11:21 / 11.08.2015
2396

"Manchester Siti" de Bryuynening "Volfsburg" rahbariyatidan o‘zini transfer qilishini so‘rashini istamoqda

"Manchester Siti" jamoasi belgiyalik 24 yoshli yarim himoyachi Kevin de Bryuyneni xarid qilish bo‘yicha jiddiy shug‘ullanmoqda.

Nemislar jamoasi bu futbolchisini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lmaganidan keyin, "shaharliklar" futbolchining o‘zi bu transfer amalga oshishida jonbozlik ko‘rsatishini istamoqda.

The Guardian nashrida yozilishicha, "Manchester Siti" futbolchidan o‘z jamoasi rahbariyatiga o‘zini sotishi kerakligi bo‘yicha murojaat qilishini so‘ragan.

Biroz oldinroq, "Manchester Siti" bu futbolchi uchun 35 mln funt taklif qilgan va rad javobini olgandi. Endilikda jamoa bu borada 47 mln funtlik ikkinchi taklif tayyorlamoqda.

"Volfsburg" Kevin de Bryuyne uchun 50 mln funt olishni mo‘ljallagan.

Top