09:33 / 11.08.2015
5271

O‘zbekiston Rossiyaga avtomobil eksportini 55 foizga qisqartirdi

O‘zbekiston joriy yilning 7 oyi mobaynida Rossiyaga 12 029 mashina eksport qildi. Bu o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlaridan 55.2 foizga kamroqdir.

O‘tgan yilning shu davrida GM Uzbekistan Rossiya bozoriga 26 860 avtomobil chiqargan edi.

Yevropa biznesi uyushmasi avtomobilsozlar qo‘mitasi ma'lumotlariga qaraganda, 2015 yil iyulida GM Uzbekistan Rossiyaga bozoriga 1672 dona avtomashina chiqardi. Bu 2014 yil iyuliga nisbatan 41 foizga kamroqdir.

Kompaniyaning Rossiya avtomobil bozoridagi ulushi 0.6 foizga tushib ketib, 1.3 foizni tashkil qildi.

Top