12:03 / 11.08.2015
11350

O‘zbekistonda yangi muqobil jazo turi joriy qilindi

10 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, mamlakatda yangi muqobil jazo turi – ozodlikni cheklash joriy qilindi.

Qonun parlamentning quyi palatasi tomonidan 29 iyul kuni qabul qilinib, 6 avgust kuni Senat tomonidan ma'qullandi. 11 avgust kuni qonunning OAVda e'lon qilinishi bilan u kuchga kirdi.
Senatorlarning fikricha, ko‘rsatilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar adolatli jazo prinsipiga to‘la rioya qilinishiga, jazolanuvchini jamiyatdan to‘laligicha ajratmasdan, uning pushaymon bo‘lishi va tuzalishiga yordam beradi. Shuningdek, bu xalqaro standartlarning milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishidagi bir bosqichdir.
Shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Prokuratura to‘g‘risida”gi, “Me'yoriy-huquqiy aktlar to‘g‘risida”gi qonunlarga ham ma'lum o‘zgartishlar kiritildi.

Top