10:40 / 11.08.2015
2506

Samarqand viloyatida avtobuslar keksalar uchun bepul va chegirmali xizmat ko‘rsatmoqda

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi tomonidan “Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida muayyan ishlarni amalga oshirmoqda.

“Xususan, “Kesalarni e'zozlash yili munosabati bilan Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi «Ziadin avto Sardor» mas'uliyati cheklangan jamiyatga tegishli davlat raqami VSh-809 bo‘lgan avtobuslarda Ziyovuddin – Navoiy yo‘nalishida 60dan 70 yoshgacha bo‘lgan keksalar uchun yo‘l haqi 50 foizni tashkil etsa, 70 yoshdan oshgan nuroniylarga bepul xizmat ko‘rsatilmoqda”, deydi MChJ rahbari R.Axnazarov.

2006 yilda tashkil etilgan «Ziadin avto Sardor» MChJ ayni paytda 2 ta avtobus, 1 mikroavtobus va 2ta mashrut yo‘nalishlarda 10ta avtobus, 15 mikroavtobus, 53ta “Damas” rusumli avtomobil hamda 20ta yengil taksilarda aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Top