08:41 / 11.08.2015
2772

Vimeo videoxostingi nomida pixels so‘zi ishlatilgan o‘nlab vidoyeroliklarni o‘chirib tashladi

Columbia Pictures kinokompaniyasi Vimeo videoxostingidan nomida pixels so‘zi ishlatilgan o‘nlab vidoyeroliklarni o‘chirib tashlashni talab qildi. CNET’ning ma'lum qilishicha, talab to‘liq qondirilgan

Bunga aktyor Adam Sendler prodyuserlik qilgan “Piksellar” fantastik komediyasi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Film kinoprokatda omadsizlikka uchradi, u o‘ziga sarflangan pullardan sal ko‘proq mablag‘ yig‘ib, undan kutilgan natijalarni oqlay olmadi.

Biroq Vimeo’ning o‘zi bunga izoh bermadi.

O‘chirib tashlangan qisqa metrajli filmlar orasida 2010 yilda yuklangan Dragos Bardakning Pixels — Life Buoy, 2014 yildagi Detuned Pixels — Choco raqs roligi, Pantone Pixels qisqa metrajli filmi (2011 yil), 2015 yilda Pixels Festival tanlovida ishtirok etish uchun Frants Jyeyts ismli grafik dizaynerning tanlov videosi ham bor.

Shuningdek, film rejissyori Patrik Jinning shaxsiy akkauntida joylashtirilgan “Piksellar” filmini ilgari surish uchun yaratilgan Pixels qisqa metrajli filmi ham taqiqlab qo‘yildi.

Videolari o‘chirilib tashlangan barcha akkauntlar egalari bu haqda ogohlantirildilar.

Top