02:51 / 12.08.2015
4962

“Barselona” o‘z tarixida 5-marotaba Yevropa Superkubogini qo‘lga kiritdi

Yevropa Superkubogi uchun “Barselona”-“Sevilya” uchrashuvi 5:4 hisobida kataloniyaliklar foydasiga yakunlandi.
Tbilisining Boris Paychadze nomidagi “Dinamo-Arena” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning asosiy vaqti 4:4 durang natija bilan yakunlandi. Uchrashuvning 115-daqiqasida Pedro g‘alaba golini kiritdi.

Uchrashuv boshida sevilyaliklar futbolchisi Ener Banega hisobni ochdi. 15-daqiqaga kelib, Lionel Messi jarimadan kiritilgan ikkita goli evaziga “Barsa”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 1-bo‘lim oxirida Rafinya hisobni 3:1 ga yetkazdi.

52-daqiqada Luis Suares kataloniyaliklar ustunligini 3 ta to‘pga yetkazdi. 57-daqiqada Xose Antonio Reyyes hisobdagi farqni qisqartirdi. 72-daqiqada Kevin Gameyro 11 metrlik jarima to‘pini aniq amalga oshirib, farqni minimal ko‘rinishga keltirdi. 81- daqiqada Yevgeniy Konoplyanka hisobni durrang ko‘rinishga keltirdi.

“Barsa”ga tarixidagi 5-superkubokni uchrashuvning 115-daqiqasida g‘alaba to‘pini kiritgan Pedro olib keldi. Shu tariqa “Barselona” o‘z tarixi davomida 5-marotaba UYeFA Supekubogi sohibiga aylandi.

Ushbu uchrashuv yana bitta rekord natija bilan yodda qoladi. Ispan klublari uchrashuv davomida 9 ta to‘p kiritib, Yevropa Superkubogi tarixida eng sernatija o‘yinni qayd qilishdi.
Avvalgi rekord 1997 yilda “PSJ” – “Yuventus” (1:6) uchrashuvida qayd etilgan edi.

Shuningdek, Messi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Yevropa Superkubogi. Tbilisi
Barselona (Barselona, Ispaniya) – Sevilya (Sevilya, Ispaniya) – 5:4
Gollar: Banega, 3 (0:1); Messi, 7 (1:1); Messi, 15 (2:1); Rafinya, 44 (3:1); Suares, 52 (4:1); Reyyes, 57 (4:2); Gameyro, 72 (4:3, pen); Konoplyanka, 81 (4:4); Rodriges, 115 (5:4).
Ogohlantirishlar: Matyo, 71; Rodriges, 94; Buskets, 117; Alves, 120 – Krixovyak, 14; Koke, 88; Banega, 90+2; Immobile, 92; Kron-Deli, 120.

Barcha gollarni Instagram'dagi TRIBUNA.UZ kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin!

 

Obzor finalnogo matcha Superkubka UYeFA. Krutoy final dvux ispanskix komanda!

Posted by Tribuna.uz on 11 avgusta 2015 g.
Top