08:34 / 12.08.2015
1981

2015 yilning birinchi yarmida Qozog‘iston va YeOII o‘rtasidagi savdo aylanmasi 8 mlrd dollarni tashkil qildi

Joriy yilning dastlabki 6 oyida Qozog‘iston bilan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi orasidagi savdo aylanmasi 8 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov ma'lum qildi.

“2015 yilning yanvar-iyun oylarida Qozog‘iston bilan YeOII davlatlari bilan o‘zaro savdo hajmi 7805,9 mln dollarni, jumladan, eksport 2351,1 mln dollarni, import 5454,8 mln dollarni tashkil qildi”, deyilmoqda xabarda.

Qozog‘iston eksportida mineral mahsulotlar, kimyo sanoati mahsulotlari, metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, hayvon va o‘simliklardan tayyorlangan ozuqa, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ustunlik qiladi.

YeOII davlatlaridan Qozog‘istonga mashina va uskunalar, mineral mahsulotlar, metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, hayvon va o‘simliklardan tayyorlangan ozuqa, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari import qilinadi.

Top