12:11 / 12.08.2015
2486

AQSh va Turkiya Suriya hududida "xavfsiz hudud" yaratish bo‘yicha kelishib oldi

Turkiya va AQSh Suriya shimolida "xavfsiz hudud" yaratish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda Reyter nashrida yozilgan.

Xabarda aytilishicha, bu hududga "IShID" yoki Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari kiradigan bo‘lsa, AQSh va Turkiya samolyotlari ularga havodan zarba beradi.

Ushbu hudud uzunligi 98 km, eni 45 km bo‘lgan maydonda tuziladi.

Biroz oldinroq, AQSh Turkiyaga "IShID" bilan kurashda foydalaniladigan F-16 qiruvchi samolyotlarini yuborgani xabar qilingandi.

 

Top