20:17 / 12.08.2015
3439

Bir guruh namanganlik erkaklar Qirg‘izistondan qariyb 65 mln so‘mlik oziq-ovqat mollarini noqonuniy olib kirganlikda ayblandi

Bir guruh namanganlik erkaklar Qirg‘izistondan qariyb 65 mln so‘mlik oziq-ovqat mollarini noqonuniy olib kirganlikda ayblandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, to‘rt kishidan iborat guruh yashirin yo‘llar bilan Qirg‘izistonga o‘tib, u yerdan 64.746 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va o‘quv qurollari olib kirishgan. Mahsulotlar dastlab ulardan birining xonadonida saqlanib turgan. So‘ng uning bir qismi Elbek Jo‘rayev boshqaruvidagi ZIL-130G yuk mashinasiga ortilib, Namangan shahridagi bozorlarga olib ketilayotgan paytda Zarkent chegara postida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Yukning qolgan qismi uydan topildi.
28 turdagi 54.391 mln so‘mlik tovarlar hamda jinoyat quroli deb topilgan yuk mashinasi davlat egaligiga musodara qilindi. Guruh a'zolari esa javobgarlikka tortildi.

Chilonzorda ikki valyutafurush 16 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
Chilonzorda ikki valyutafurush 16 ming dollar bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Kozim Aliboyev va Mutal Odilboyevlar birgalikda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelishgan. Ular Guliston mahallasida fuqarolar Ya. Imomova va I. Imomovga 16.3 ming dollarni 58 mln so‘mga sotayotgan paytda qo‘lga olingan.

Top