11:44 / 12.08.2015
3319

Blogerlar Porsche 911 tormoz kolodkalarini “ayfonlar” bilan almashtirishdi

Apple kompaniyasi texnikasiga bag‘ishlangan EverythingApplePro blogi yaratuvchilari 2002 yilda ishlab chiqarilgan Porsche 911 avtomobili tormoz kolodkalarini 8ta “ayfon” bilan almashtirdilar. Mashina ikki marta to‘g‘ri yo‘lda katta tezlikkacha olib chiqildi, bunda maksimal tezlik soatiga 97 kilometrni tashkil qildi va ikki marta ham tormoz berilganda ayfonlar yonib ketdi. Bu holatni suratga olgan rolik mualliflari olovni olov o‘chirgich bilan o‘chirishdi.

Sinov uchun 4ta iPhone 4S va 4ta iPhone 5 smartfonlari olindi. iPhone 4S smartfonlari orqa tormoz diski supportlariga o‘rnatildi, iPhone 5’lar esa oldingilariga o‘rnatildi. Telefonlar shartli start chizig‘iga kelgungacha mashina tezlangunga qadar tormoz disklarini tirnay boshladi.

Birinchi tormoz berishda telefonlardan yasalgan “kolodkalar” yonib ketdi. Sinovdan keyin telefonlar supportlardan olindi. Telefonlardan biri yon tomondagi tugma bilan ovozsiz rejim yoqilganda tebrana (vibratsiya) oldi.

Top