14:35 / 12.08.2015
4044

Chiroqchida ota o‘g‘lini o‘ldirishiga oz qoldi

Chiroqchilik muqaddam sudlangan Davron ismli shaxs o‘g‘lini o‘ldirib qo‘yishiga bir baxya qoldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, ichkilikka mukkasidan ketgan bu shaxs bir kuni uyiga mast holda kelgan. Bunga uning o‘g‘li norozilik bildirib, otasini koyiy boshlagan.

Bunga chiday olmagan Davron dastlab o‘g‘lini haqoratlagan, so‘ng yarim tunda pichoq olib, o‘g‘li uxlab yotgan xonaga kirib kelgan. Qo‘ni-qo‘shnilarning yetib kelishigina fojianing oldini olgan.
Farzand og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan, ota esa javobgarlikka tortilgan.

Top