20:23 / 12.08.2015
2167

De Bryuyne "Manchester Siti" bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi

«Volfsburg» jamoasining belgiyalik yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne o‘z faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi oydinlashmoqda.

Nieuwsblad nashrida ma'lum qilinishicha, 24 yoshli ushbu futbolchi "Manchester Siti" bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi va haftasiga 320 ming yevro maosh oladi.

Taqqoslash uchun, "Chelsi"ning boshqa bir belgiyalik yulduz futbolchisining haftalik maoshi 280 ming yevroga teng.

Inglizlar jamoasi «Volfsburg»ga De Bryuyne uchun 69 mln yevro to‘lashi aytilgan.

Ma'lumot uchun, De Bryuyne o‘tgan mavsumda Germaniya bundesligasining 34 o‘yinida maydonga tushib, 10ta gol urgan va 21ta golli uzatma amalga oshirgan.

Biroz oldinroq, "shaharliklar" 24 yoshli futbolchini 15 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan "Chelsi"ga qarshi o‘yingacha sotib olishi haqida xabar berilgandi.

Qayd etish joizki, bu futbolchini "Chelsi" 2013 yilda "Verder"dan xarid qilgan va 1 yil o‘tib «Volfsburg»ga berib yuborgandi.

Top