10:18 / 12.08.2015
2649

Dmitriy Cherishev: "Barselona" Messining individual mahorati evaziga sovrinlar yutmoqda

"Sevilya" jamoasi murabbiylaridan biri Dmitriy Cherishev "Barselona" jamoasining Yevropa Superkubogidagi muvaffaqiyatidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Mag‘lubiyatdan judayam qayg‘udaman. "Barselona" faqatgina Messining harakatlari evaziga davomli g‘alabalarga erishmoqda. Bunday yuqori toifali futbolchiga qarshi chora qilib bo‘lmayapti. O‘z jamoasiga ichki chempionatda va xalqaro maydonlarda olib berayotgan sovrinlari uchun unga faqat tahsinlar o‘qish mumkin.

Biz bugun jamoaviy o‘yin borasida "Barselona"dan yaxshiroq ko‘rindik. Jamoamiz biz xohlagandek o‘yin ko‘rsatishdi. O‘ylashimcha, yangi mavsumda "Sevilya" Ispaniya chempionatida "Barselona"ga jiddiy raqobatchi bo‘ladi", deydi Cherishev.

Top