20:55 / 12.08.2015
3439

Konoplyanka "Barselona"ga qarshi o‘yindan keyin rossiyalik jurnalistlar bilan gaplashishni istamadi

"Sevilya"ning ukrainalik futbolchisi Yevgeniy Konoplyanka UYeFA Superkubogi uchun "Barselona"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan keyin rossiyalik jurnalistlarga intervyu berishdan bosh tortdi.

"Konoplyanka o‘yindan keyin rossiyalik jurnalistlarning intervyu bo‘yicha so‘roviga "Bo‘lmaydi" deb javob qaytardi", deb o‘z tvitterida bu voqeani keltiradi rossiyalik sport jurnalisti Aleksandr Vishnevskiy.

"Rossiyadanmisiz? Rossiya matbuoti bilan gaplashmayman", deya uning so‘zlarini keltiradi «SE-Internet» nashri muharriri Artur Petrosyan.

Top