08:45 / 12.08.2015
3559

Ma'shuqasining qotilligi uchun 20 yil jazo o‘tagan xitoylik aybsiz deb topildi

Xitoy sudi o‘zining ma'shuqasini o‘ldirganlikda ayblanib, 20 yil qamoqda jazo o‘tagan 50 yoshli Yan Minni aybsiz deb topdi. Bu haqda The South China Morning Post nashri ma'lum qildi.

Guychjou provinsiyasi oliy xalq sudi erkak aybining isbotlarini ishonarli emas deb topdi. Hakamlar ozod qilingan erkak va uning oilasi oldida bo‘yin egib, kechirim so‘radilar. Ular politsiyani ushbu ish bo‘yicha qayta tergov o‘tkazishga chaqirdilar. Erkakning advokati Chjan Leyning aytishicha, uning oilasi hukumatdan tavon puli so‘rash haqida bir qarorga kelmagan.

Yan 1995 yilda o‘z sevgilisini o‘ldirganlikda ayblangan edi. Sud Yan qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan deb qaror qilib, unga shartli o‘lim jazosini belgilagan edi. Xitoyda ko‘pincha bu jazo turi umrbod qamoq jazosi bilan almashtiriladi. Erkakning o‘zi avvalboshdan bu ayblovni inkor etgan. 2014 yilning oktabrida ishni qayta ko‘rishga qaror qilingan.

Top