12:39 / 12.08.2015
2692

Miroboddagi uylarning biridan 12 mln so‘mlik buyumlar va 2 200 dollar o‘g‘irlab ketildi

Miroboddagi uylarning biridan 12 mln so‘mlik buyumlar va 2 200 dollar o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, asli samarqandlik Jamshid ismli yigit bir muddat Qo‘yliq bozorida bir nechta o‘rtog‘i bilan birgalikda savdogarlik qilib kelgan. Dastlab yaxshi pul topa boshlagan Jamshid bir necha oydan so‘ng daromadning tushishi natijasida pulsiz qolgan.
Shunda u tasodifan ochiq qolib ketgan uylarning biriga o‘g‘irlikka kirib, u yerdan turli zargarlik buyumlari, kiyim-kechakni, shuningdek, 2 200 dollar pulni o‘g‘irlab chiqib ketgan.
Uy egalarining murojaati bo‘yicha o‘tkazilgan surishtiruv natijasida jinoyatchi tezda qo‘lga olingan va aybiga iqror bo‘lgan. Uning yetkazgan moddiy zarari, dollarni hisobga olmaganda, 12 mln so‘mni tashkil qilgan.

Top