09:16 / 12.08.2015
5610

O‘zbekiston IShIDga qarshi kurashda OAVdan foydalanmoqda

O‘zbekistonda boshlangan aksilterror kampaniyasi doirasida OAV orqali terrorchilik muammosini keng yoritish hamda targ‘ibot ishlarini olib borish ko‘zda tutilgan.

Dastur uch asosiy yo‘nalishga ega: ekstremistik ideologiyani fosh qilish, an'anaviy islomni qo‘llab-quvvatlash va uning qadriyatlarini mustahkamlash, turli din vakillari o‘rtasidagi munosabatlarning barqarorligini ta'minlash.

Madaniyat va sport vazirligi matbuot va axborot agentligi, “O‘zbekkino” hamda milliy teleradiokompaniya bilan hamkorlikda ushbu kampaniyaning harakat rejasini ishlab chiqmoqda.

Ma'lumki, ayni kunlarda O‘zbekiston dunyoning boshqa ko‘plab davlatlari qatorida IShID terrorchi guruhining xatti-harakatlariga qarshi turmoqda. Iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonning 650 fuqarosi Suriyaga ketib qolib, IShID tomonida turib harbiy to‘qnashuvlarda ishtirok etmoqda. Kampaniya aynan mana shu xavfdan aholini ogoh etishga, yollovchilarning faoliyatini fosh qilishga yo‘naltiriladi.

Top