21:09 / 12.08.2015
3306

O‘zbekiston Kubogi yarim finalining birinchi o‘yinida «Bunyodkor» «Paxtakor»ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston Kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvlari doirasidagi "Bunyodkor" va "Paxtakor" uchrashuvi yakuniga yetdi. "Paxtakor" maydonida mehmon bo‘lgan "qaldirg‘ochlar" 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi.

O‘yinda hisob mehmonlar tomonidan ochildi. Dostonbek Hamdamov 4 daqiqada tezkor gol muallifi bo‘ldi, 24-daqiqada Oraxovats javob golini urdi.

36 daqiqda ajoyib jamoaviy hujumni "Bunyodkor"ning yosh hujumchisi Zabihullo O‘rinboyev aniq zarba bilan yakunladi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

68 daqiqada esa Andreyevning chap qanotdan oshirgan pasini Maxaradze gol bilan yakunladi. Hisob tenglashdi - 2:2.

Shu tariqa "paxtakor"chilar "Bunyodkor"ning ikkinchi golidan so‘ng ham hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo zaxiradan maydonga tushgan Akromjon Komilovning 75 daqiqada uzoq masofadan urilgan goliga javob qaytarish uchun "Paxtakor"da na kuch va na imkoniyat topilmadi. Shu tariqa "Bunyodkor" javob o‘yini oldidan ajoyib imkoniyat hosil qildi.

O‘zbekiston kubogi
"Paxtakor" - "Bunyodkor" — 2:3
Gollar: Doston Hamdamov, 4 - 0:1. Adnan Oraxovats, 23 - 1:1. Zabihillo O‘rinboyev, 34 - 1:2. Kaxi Maxaradze, 66 - 2:2. Akrom Komilov, 75 - 2:3.

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Aleksandr Merzlyakov, Yegor Krimets, Adnan Oraxovats, Davron Hoshimov, Kaxi Maxaradze, Javohir Sohibov, Stanislav Andreyev, Sherzod Karimov (Jaloliddin Masharipov, 52), Vladimir Kozak (Bahodir Pardayev, 70), Igor Sergeyev.
"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Akmal Shorahmedov, Xayrulla Karimov, Dilshod Jo‘rayev, Shaker Zuagi, Minori Sato, Ivan Miloshevich, Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O‘rinboyev (Anvar Rajabov, 73), Rustamjon Ashurmatov (Akrom Komilov, 71), Eldor Shomurodov (Vohid Shodiyev, 85).
Ogohlantirishlar: Xayrulla Karimov, 30. Dilshod Jo‘rayev, 89.

Top