15:45 / 12.08.2015
12858

Shimoliy Koreya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Chxve Yong Gon otib tashlandi

Shimoliy Koreya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Chxve Yong Gon otib tashlandi. Bu haqda Koreyaning «Yonxap» agentligi xabar tarqatdi.

Agentlik manbasining ma'lum qilishicha, buning sababi hozircha noma'lum bo‘lib qolmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Chxve Yong Gon mamlakat siyosatiga qarshi bo‘lib kelgan. Bu borada buyruqni esa shaxsan Kim Chen Inning o‘zi bergani haqida ma'lumotlar bor.

Eslatib o‘tamiz, may oylarida KXDR mudofaa vaziri Xen Yong Chxolning otib tashlangani to‘g‘risidagi video internetda paydo bo‘lgan.

Keyinroq Shimoliy Koreya rasmiy ravishda vazirning o‘limi haqida xabar berib o‘tgandi.

 

Top