12:02 / 12.08.2015
3064

Toshkent shahri va viloyatidagi 8ta fuqarolik sudida E-Sud tizimi joriy qilinmoqda

O‘zbekiston oliy sudi va BMT taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi sohasidagi hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida Toshkent shahri va viloyatidagi 8ta fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda E-Sud axborot tizimi joriy qilinmoqda. Bu haqda Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov bayonot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, apellyatsiya, kassatsiya sudlari va nazorat instansiyalari uchun qo‘shimcha dasturiy ta'minot ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.

“Ushbu dastur fuqarolarga elektron sud xizmatlarini taqdim etish ishini osonlashtiradi. Tegishli manzilda shaxsiy kabinet ochgan fuqaro shaxsiy ishi bo‘yicha o‘zgarishlarni kuzatib borishi mumkin bo‘ladi. Hujjatlar topshirilganda tizim minimal miqdordagi hujjatlar to‘plamini so‘raydi. Murojaatlar ma'lumotlar bazasiga kelib tushadi, u yerdan esa sudyalar va sud xodimlariga yetkaziladi”, – tushuntirib o‘tdi Odilov.

Top