18:16 / 12.08.2015
4528

Uchquduqda shlakoblok ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Navoiy viloyati Uchquduq tumani «Uchquduq Jahon­gir» fermer xo‘­ja­ligi rahbari Abdu­la­­ziz Rahmatov xo‘jalikning o‘zida quri­lish materiallari, jumladan, shlako­blok hamda yo‘­laklar uchun bruschatkalar ish­lab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda "Telegraf.uz" nashri xabar berdi.

Yaqinda Xi­toydan 8,5 ming AQSh dol­la­riga shlakoblok ishlab chiqarish usku­nasini kel­tirib o‘rnatildi.

"Uskunamiz kuniga 1500 dona shlako­blok ishlab chi­qarish quvvatiga ega. Ho­zir­­da har kuni 1000 dona mahsulot ish­lab chiqarib, ularni tu­man­­­da­gi qu­ri­lish fir­ma­lariga yetka­zib bera­yapmiz. Bu bilan 3 ta yan­gi ish o‘rni ham yara­til­di. Mah­su­lotimiz xari­dor­gir", — deydi tadbirkor.

Top