06:14 / 12.08.2015
1956

Ukraina YaIMi joriy yilning birinchi yarmida 16,3 foizga tushib ketdi

Ukraina iqtisodiy rivojlanish vazirligining baholashicha, Ukraina yalpi ichki mahsuloti 2015 yilning birinchi yarmida 16,3 foizga tushib ketdi, deb xabar bermoqda UNIAN nashri.

Bunday ma'lumotlar 2016-2019 yillar uchun Ukrainaning iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanishi prognozida keltirilgan.

Prognozga ko‘ra, mamlakatdagi ishlab chiqarish pasayishi 20,5 foiz, qishloq xo‘jaligida ijtimoiy ishlab chiqarish hajmi – 9,3 foiz, iste'molchilar narxi – 39,3 foiz, mahsulotlar eksporti hajmi – 35,4 foiz, real ish haqining pasayishi 23,9 foiz darajasida qayd etilgan.

Vazirlikning fikricha, mamlakat iqtisodiyotiga birinchi navbatda geosiyosiy mojaro, asosiy savdo hamkori Rossiya bilan xalqaro munosabatlarning murakkablashishi, mamlakatda ko‘mirning yo‘qligi, investitsiya xatarlarining ancha oshishi va fuqarolarning salbiy qarashlari salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Top