11:25 / 12.08.2015
1900

Xitoyda yuz bergan yer ko‘chishidan keyin 40 kishi bedarak yo‘qoldi

Xitoyning Shensi viloyatida yuz bergan yer ko‘chishi tufayli 40 kishi bedarak ketdi. Bu haqda South China Morning Post xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, bu tabiiy ofat 12 avgust kuni tongida Shanlo shahrida ro‘y bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mahalliy shaxta 1 mln kubometr hajmdagi tosh va tuproq ostida qolgan.

Hozirgacha, shaxta ichidan 4 kishi qutqarib olingan. Halok bo‘lganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Hududda yog‘ayotgan yomg‘ir qutqaruvchilarning ishini qiyinlashtirmoqda.

Top