11:28 / 13.08.2015
2273

“Yedinaya Rossiya” saylovoldi kompaniyasida Putinning obrazidan foydalanmaydi

“Yedinaya Rossiya” partiyasi Davlat Dumasiga bo‘lib o‘tadigan saylov oldingi federal kampaniyada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning obrazidan foydalanmaydi. Bu haqda “Kommersant'” nashri yozmoqda.
“Partiya siyosiy vazifalarni mustaqil ravishda bajarishga harakat qilishi kerak”, – dedi Kreml vakili.

Partiya ro‘yxatlari boshida uning raisi Dmitriy Medvedev turishi aytilmoqda.
Prezident reytingidan partiyaning saylovlardagi obro‘sini ko‘tarishda foydalanmaslik haqidagi qaror bir necha sabablar tufayli qabul qilindi. Ulardan biri – partiyaning xalq orasidagi mavqei ayrim ekspertlar tomonidan shubha ostiga olinmoqda, bu holda esa saylo kampaniyasi prezidentning o‘ziga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Shuningdek, yaqinda prezidentlik saylovoldi kampaniyasi boshlanadi hamda amaldagi davlat rahbari bu jarayon bilan to‘laligicha band bo‘ladi.

Top