09:19 / 13.08.2015
5786

Bugundan yangi - "Chempion plyus" gazetasi sotuvga chiqdi

Yangi "Chempion plyus" gazetasi bugun, 13 avgust sanasi bilan chop etildi va deyarli barcha viloyatlarning "Matbuot tarqatuvchi" do‘konlariga va xususiy tarqatuvchilariga jo‘natildi. Bu haqda std.uz nashrida xabar qilindi.

Gazeta A4 formatda, 32 sahifa hajmda, rangli sahifalar bilan chop etilgan.

Xabarda maqolalari gazetadan o‘rin olgan mualliflar, ularning qoralamalari sarlavhalari va parchalar keltirib, qisqacha tanishtirib o‘tilgan. Jumladan, kirish qismini jurnalist Xayrulla Hamidovning "Qayg‘uga sherik shodlik" maqolasi boshlab bergan. "Bu ijodkor yigitlarning eng katta yutug‘i — gazeta chiqayotgan paytda birlasha olishlari emas, balki gazeta chiqmayotgan paytda ham bitta jamoa bo‘lib tura olishganidir. Ha, aynan mana shu jihatni insoniy qadriyatlar arzonlashgan XXI asrning og‘ir kunlarida topish biroz mushkul", deydi muallif gazeta ijodkorlari haqida.

Shuningdek, gazeta sahifalaridan Bobur Akmalovning "Paxtakor-79" haqida yozilgan "Ular eng zo‘rmidi?" xotirasi, "Agar MTJ JCh-2018 yo‘lida muvaffaqiyatsizlikka uchrasa kim aybdor bo‘ladi?" degan savol o‘rtaga tashlangan yangi loyiha – "Chempion savoli", jurnalist Temur A'zamning "Babayan kim?" maqolasi va boshqa maqola, xabarlar, ko‘ngilochar sahifalar o‘rin egallagan.

Narxi 1000 so‘m. Muassis – "Registon-Press" MChJ.

Top