15:08 / 13.08.2015
2674

Enrike: Yevropaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogarlar ro‘yxatida Messi, Suares va Neymar nomi bo‘lishi kerak edi

"Barselona" klubi bosh murabbiyi Luis Enrikening aytishicha, Yevropaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogarlar ro‘yxatida faqat uning shogirdlari bo‘lishi kerak edi.

"Menimcha aslida bu ro‘yxatda Lionel Messi, Luis Suares va Neymar nomi bo‘lishi kerak edi", - deydi Enrike.

Eslatib o‘tamiz, 12 avgust kuni UYeFA o‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi nomi uchun da'vogar bo‘lgan uch nafar futbolchining nomini e'lon qildi. “Barselona” hujumchilari Lionel Messi va Luis Suares hamda “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu UYeFA talqini bo‘yicha 2014/15 yillardagi mavsumda Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da'vogarlik qilishmoqda.

Mazkur ro‘yxatda Neymar o‘rnida "Real" futbolchisi Krishtianu Ronaldu nomi qayd etilgani "Barsa" ustoziga yoqmagan.

Top