17:08 / 13.08.2015
7152

Kastro: AQSh Kubaga yetkazgan ko‘p millionli zararlarni qoplashi kerak

AQSh Kubaga olib borgan siyosati tufayli yetkazilgan ko‘p millionli zararlarni qoplab berishi kerak. Kuba inqilobi yetakchisi bu haqda o‘zining 89 yoshini qarshi olishi munosabati yozilgan “Haqiqat va orzular” nomli maqolasida keltirib o‘tgan.

Kastroning fikricha, Ikkinchi jahon urushi va Yaponiyaning bombardimon qilinishidan keyin AQSh “barbod bo‘lgan, o‘lganlar, jarohatlangan va och-nochor kishilar bilan to‘lgan dunyo fonida boy davlatga aylandi”.

AQSh bilan diplomatik aloqalarni qayta tiklash mumkinligi haqida esa to‘xtalib o‘tmagan.

Top