22:47 / 13.08.2015
3593

O‘zbekistonda tramvay ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

Toshkent yo‘lovchi vagonlari qurish va ta'mirlash zavodi zamonaviy tramvaylar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Bu loyihaning birinchi bosqichida ikita eski Tatra T-3M tramvayini modernizatsiya qilishga qaror qilindi. 2015 yining boshidan zavod mutaxassislari tomonidan bu tramvay vagonlarini to‘liq qayta jihozlash va tiklash ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda vagon kuzovini payvandlash ishlari nihoyalanmoqda, kabina, kuzovning orqa tomoni, tomi, yon tomonlari shakli o‘zgartirildi. Vagonning ichki intereri va dizaynini yaxshilash uchun yangi qoplama materiallardan foydalanilmoqda, qulay yo‘lovchi o‘rindiqlari va katta oynalar o‘rnatilmoqda.

Kelajakda, “Toshkenttramvayi” DUK parki modernizatsiya qilingandan keyin, “Made in Uzbekistan” belgisi ostida O‘zbekistondagi birinchi tramvaylar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Top