07:38 / 13.08.2015
2607

Shveytsariya Eronga nisbatan kiritgan sanksiyalarini bekor qilmoqda

Shveytsariya hukumati 13 avgustdan 2014 yilning yanvaridan to‘xtatilgan Eronga nisbatan kiritgan sanksiyalarini bekor qilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda mamlakat hukumati ma'lum qildi.

“Shveytsariya hukumatining bugungi kundagi qadamlari yadroviy kelishuvni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash va hukumatning Eron bilan ikki tomonlama hamkorlikdan manfaatdorligi ishorasi sifatida qaraladi”, deb aytilmoqda e'londa.

Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama Eronga nisbatan kiritilgan iqtisodiy sanksiyalar samara bergan deb hisoblashini aytgan edi. Uning aytishicha, taqiqlovchi choralarning kiritilishi Eronni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilgan. 

Top