15:31 / 13.08.2015
3176

Ukraina jazirama issiqdan aziyat chekayotgan Polshaga yordam berishga tayyorlanmoqda

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Energetika va ko‘mir sanoati vazirligiga noodatiy jazirama tufayli elektr energiyasi tanqisligiga uchragan Polshaga energetik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasini topshirdi.

“Bizga do‘st bo‘lgan Polshani qo‘llab-quvvatlashimiz va mamlakat energetika tizimidagi noxush vaziyatni tezroq bartaraf etishi uchun o‘z hamkorlarimizga yordam berishimiz kerak”, dedi bosh vazir.

Biroq 12 avgust kuni Ukraina energetika vaziri ukrain imkoniyati Polshaga elektr energiyasi yetkazib berishni ko‘paytirishga hozircha qurbli emasligini ma'lum qildi.

“Biz bugunoq yordam bera olmaymiz”, dedi vazir. Uning masalaga oydinlik kiritishicha, Burtin va Dobrotvor IESlari qishki mavsumga hozirlik ko‘rmoqda. Polsha tomoni esa yetkazib berilayotgan elektr energiyasini yana 200-400 MVtga oshirishni so‘ramoqda.
Ayni paytda Ukraina Polshaga 600 MVt elektr energiyasi yetkazib bermoqda.

Top