14:50 / 13.08.2015
2733

Ukraina maxfiy xizmatlari rossiyalik hamkasblarini Karpatorti saylovlariga aralashishda aybladi

Ukraina xavfsizlik xizmati rossiyalik hamkasblarini Karpatorti viloyatida tayyorlanayotgan saylovlarga aralashishda aybladi. Bu haqda idora matbuot xizmatiga tayangan holda “Ukrainskaya pravda” gazetasi yozmoqda.
“Rossiya maxsus xizmatlari Moskvada ta'sis etilgan xususiy tashkilot niqobi ostida mahalliy so‘l kuchlarga yordam ko‘rsatib, mintaqadagi vaziyatga ta'sir o‘tkazishga harakat qilishdi. Buning evaziga moskvalik kuratorlar ularning saylovoldi kampaniyasiga homiylik qilishga va'da berdi”, – deyiladi xabarnomada.
Aytilishicha, so‘l partiyaning bu ishlarga aralashgan vakili davlatga xiyonat qilishda ayblanishi mumkinligidan ogohlantirilgan.

Top